Tizimlarni Udocs axborot tizimi bilan o‘zaro birlashtirish (integratsiya qilish) bo‘yicha api hujjatlari

Yangilandi: 06.11.2026

Mundarija

Umumiy ma’lumot

Udocs ATda (axborot tizimida) hujjat shakllantirishning umumiy tartibi:

  1. POST /api/client/auth/login — token olinadi.
  2. GET /api/client/template/list — axborot tizimiga biriktirilgan shablonlar ro‘yxati olinadi.
  3. POST /api/client/document/exemplar — biriktirilgan shablonlardan biri tanlanadi va unga mos JSON namunasi olinadi.
  4. POST /api/client/document/create — hujjat yaratiladi, javobda hujjatning guid va status maydonlari qaytariladi.
  5. POST /api/client/document/access — hujjatni ko‘rish va imzolash uchun bir martalik manzil olinadi, foydalanuvchi shu manzil orqali Udocs ATga yo‘naltiriladi.

Udocs AT o‘zida shakllangan hujjat ustidagi har bir amal (hujjat holatining o‘zgarishi) haqida hujjatni yaratgan axborot tizimiga xabarnoma yuborib turadi. Buning uchun axborot tizimi POST /api/client/config/update orqali o‘zining xabarnomalarni qabul qiluvchi manzilini ko‘rsatib qo‘yishi kerak (2-bo‘lim, 3-bo‘lim).

Yaratilgan hujjatlar ro‘yxatini olish, ularni ko‘rish, yuklab olish va o‘chirish 4-bo‘limdagi API’lar orqali bajariladi.

Izoh. Sinov paytida E-IMZO dasturining “Dasturchi rejimi” (Режим разработчика) imkoniyatini faollashtirish kerak.

Umumiy qoidalar

So‘rov va javoblar JSON formatida yuboriladi (Content-Type: application/json).

Login so‘rovidan tashqari barcha so‘rovlarda login javobida olingan access_token quyidagi sarlavha orqali yuboriladi:

Authorization: Bearer <access_token>

Udocsning muvaffaqiyatli javobi quyidagi tuzilishga ega:

Maydon Turi Tavsif
success boolean true
data object Javob ma’lumotlari
message string Matnli xabar

Xatolik bo‘lganda success: false va data o‘rniga errors maydoni qaytariladi:

{
  "success": false,
  "errors": {
    "signers.0.tin_pin": ["The signers.0.tin_pin field is required."]
  },
  "message": "Ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan yoki to‘ldirilmagan!"
}
HTTP kodi Qachon
200 So‘rov bajarildi
201 Hujjat yaratildi (1.4, 5.1)
400 So‘rov tushunarli, lekin bajarib bo‘lmadi; sababi message ichida, errors bo‘sh
401 Token yuborilmagan, noto‘g‘ri yoki muddati tugagan
422 Ma’lumotlar tekshiruvdan o‘tmadi; errors ichida har bir noto‘g‘ri maydon bo‘yicha xabarlar

1. Hujjatni shakllantirish va imzolash ketma-ketligi

1.1. Maxsus kalit (token) olish — Login

Axborot tizimi Udocsga o‘ziga berilgan foydalanuvchi ma’lumotlari asosida so‘rov yuboradi.

POST /api/client/auth/login
Content-Type: application/json

So‘rov tanasi:

{
  "username": "foydalanuvchi",
  "password": "foydalanuvchi"
}

Server javobi:

{
  "success": true,
  "data": {
    "token": {
      "access_token": "eyJ0e...",
      "refresh_token": "",
      "expires_in": 1726706837000
    }
  },
  "message": "Successfully authorized"
}
Maydon Tavsif
access_token Keyingi so‘rovlarda Authorization: Bearer <access_token> sarlavhasida yuboriladigan kalit
refresh_token Ishlatilmaydi, doim bo‘sh. Token muddati tugagach, qaytadan login qilinadi
expires_in Token amal qilishi tugaydigan vaqt (Unix vaqti, millisekundlarda)

1.2. Shablonlar ro‘yxatini olish

Axborot tizimiga biriktirilgan shablonlar ro‘yxati olinadi. Keyingi qadamlarda shu ro‘yxatdagi shablon kodi ishlatiladi.

GET /api/client/template/list
Authorization: Bearer <access_token>

Server javobi:

{
  "success": true,
  "data": {
    "templates": [
      {
        "name": "ariza",
        "description": "Udocs bilan integratsiya uchun ariza"
      }
    ]
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}
Maydon Tavsif
templates[].name Shablon kodi; keyingi qadamlarda template sifatida yuboriladi
templates[].description Shablon nomi

1.3. Hujjatning namunaviy JSON ma’lumotlarini olish

Hujjat yaratish uchun tanlangan shablonning JSON namunasi olinadi. Faqat axborot tizimingizga biriktirilgan shablonlarni so‘rash mumkin.

POST /api/client/document/exemplar
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json

So‘rov tanasi:

{
  "template": "ariza"
}

Server javobi:

{
  "success": true,
  "data": {
    "document": {
      "template": "ariza",
      "data": {
        "name": {
          "type": "STRING",
          "description": "Tashkilot nomi"
        },
        "tin": {
          "type": "STRING",
          "description": "Tashkilot STIRi"
        },
        "date": {
          "type": "DATE",
          "description": "Ariza sanasi"
        },
        "servis_fee": {
          "type": "NUMBER",
          "description": "Udocs bilan integratsiya uchun bir martalik to‘lov"
        },
        "services": {
          "type": "TABLE",
          "description": "Udocs ATda taqdim etishi kerak bo‘lgan xizmatlar",
          "columns": {
            "num": {
              "type": "NUMBER",
              "description": "Tartib raqam"
            },
            "name": {
              "type": "STRING",
              "description": "Xizmat nomi"
            },
            "purpose": {
              "type": "STRING",
              "description": "Xizmatga ulanish uchun asos"
            }
          }
        },
        "responsibles": {
          "type": "LIST",
          "description": "Integratsiya bo‘yicha mas’ul shaxslar",
          "items": {
            "num": {
              "type": "NUMBER",
              "description": "Tartib raqam"
            },
            "full_name": {
              "type": "STRING",
              "description": "Mas’ulning to‘liq ismi"
            },
            "phone": {
              "type": "STRING",
              "description": "Bog‘lanish uchun telefon raqam"
            }
          }
        },
        "logo": {
          "type": "Image",
          "description": "Tashkilot logotipi",
          "source": "client",
          "required": false
        }
      }
    }
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}

data.document.data obyektidagi har bir kalit — hujjat maydonining nomi, uning qiymati esa maydon turi (type) va tavsifi (description). Hujjat yaratishda (1.4) shu kalitlar bilan qiymatlar yuboriladi:

Tur Ma’nosi Hujjat yaratishda yuboriladigan qiymat
STRING Matn Satr, masalan "Raqamli taraqqiyot MCHJ"
NUMBER Son Son, masalan 174500
DATE Sana DD.MM.YYYY ko‘rinishidagi satr, masalan "10.11.2024"
TABLE Jadval, ustunlari columns ichida tavsiflanadi Obyektlar massivi, har bir obyekt — jadvalning bir qatori
LIST Ro‘yxat, element maydonlari items ichida tavsiflanadi Obyektlar massivi, har bir obyekt — ro‘yxatning bir elementi
Image Rasm source: "client" bo‘lsa — data:image/png;base64,... yoki data:image/jpeg;base64,... ko‘rinishidagi satr. source: "static" rasmlarni Udocs o‘zi to‘ldiradi, ular yuborilmaydi

Izohlar:

  • TABLE ustuni o‘zi ham TABLE (ichki jadval) bo‘lishi mumkin. Uning qiymati — asosiy jadvalning har bir qatori ichidagi qatorlar massivi.
  • required: true bo‘lgan rasm albatta yuboriladi, aks holda yubormasa ham bo‘ladi. Rasm hajmi — 2048 KB gacha, o‘lchami — 4000×4000 pikselgacha.

1.4. Hujjat yaratish

Hujjat shablon asosida yaratiladi. document.data 1.3-bo‘limda olingan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi.

POST /api/client/document/create
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json

So‘rov tanasi:

{
  "document": {
    "template": "ariza",
    "data": {
      "name": "Raqamli taraqqiyot MCHJ",
      "tin": "311128291",
      "date": "10.11.2024",
      "servis_fee": 174500,
      "services": [
        {
          "num": 1,
          "name": "Shablon asosida hujjat yaratish",
          "purpose": "Erkin shakldagi shartnoma tuzish"
        }
      ],
      "responsibles": [
        {
          "num": 1,
          "full_name": "Zaripboyev Anvar",
          "phone": "(99) 512-32-64"
        }
      ],
      "logo": "..."
    }
  },
  "signers": [
    {
      "tin_pin": 311128291,
      "branch": "00001"
    },
    {
      "tin_pin": 204118319
    }
  ]
}
Maydon Majburiy Tavsif
document.template Ha Shablon kodi
document.data Ha Hujjat maydonlarining qiymatlari
signers Ha Imzolovchilar ro‘yxati, imzolash tartibida. Birinchi imzolovchi — hujjat yaratuvchisi (egasi), qolganlari — hamkorlar
signers[].tin_pin Ha Imzolovchining STIRi (jismoniy shaxs uchun JShShIR), son
signers[].branch Yo‘q Filial kodi, 5–8 ta raqamdan iborat satr; tashkilotning filiali bo‘lsa qo‘shiladi
signers[].trusted_signers Yo‘q Shu imzolovchi nomidan imzolashi mumkin bo‘lgan shaxslar: [{"tin_pin": 123456789, "expires_at": "2026-12-31"}]

Hujjat yaratishda maydon qiymatlari tekshiriladi:

  • NUMBER maydonlar son, DATE maydonlar to‘g‘ri sana bo‘lishi kerak;
  • har bir TABLE va LIST kaliti yuborilishi shart (bo‘sh massiv ham bo‘ladi); qatordagi har bir ustun / element maydoni to‘ldirilishi kerak;
  • shablonning faol versiyasi bo‘lmasa yoki shablon axborot tizimingizga biriktirilmagan bo‘lsa, hujjat yaratilmaydi.

Server javobi (HTTP 201):

{
  "success": true,
  "data": {
    "document": {
      "guid": "b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1",
      "status": "created"
    }
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}

Eslatma. Hujjat axborot tizimi so‘rov tanasidagi signers massivida ko‘rsatgan imzolovchilar ketma-ketligi bo‘yicha imzolanadi. Agar shablon ixtiyoriy tartibda imzolashga sozlangan bo‘lsa, hamkorlar istalgan tartibda imzolashi mumkin.

1.5. Hujjatni imzolash

Hujjat Udocs ATning mijoz hujjatlarini imzolash sahifasi yoki foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali imzolanadi.

Axborot tizimidan kirilganda imzolash sahifasi faqat hujjatdagi imzolovchilarning STIRi bo‘yicha berilgan maxsus kalit (token) bilan ochiladi. Bunday sahifa manzilini olish uchun:

POST /api/client/document/access
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json

So‘rov tanasi:

{
  "guid": "b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1",
  "tin_pin": "311128291",
  "redirect_url": "https://joriy.uz"
}
Maydon Majburiy Tavsif
guid Ha Hujjat identifikatori (1.4 javobidan)
tin_pin Ha Imzolovchining STIRi; hujjatdagi imzolovchilardan biri bo‘lishi kerak, aks holda xatolik qaytariladi
redirect_url Ha Imzolash sahifasidan foydalanuvchi qaytariladigan axborot tizimi manzili
disable Yo‘q Imzolash sahifasidagi bitta amal tugmasini yashiradi: accept, reject yoki cancel

Server javobi:

{
  "success": true,
  "data": {
    "url": "<imzolash sahifasi manzili>/b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1?token=...&redirect_url=https%3A%2F%2Fjoriy.uz&host_url=..."
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}

data.url — imzolash sahifasining bir martalik manzili. Foydalanuvchi shu manzilga yo‘naltiriladi.

Tavsiya. Imzolash sahifasi manzilini saqlab qo‘ymang: foydalanuvchi har safar imzolash tugmasini bosganda manzilni Udocsdan qaytadan oling. Bu manzil amal qilish vaqti va foydalanishlar soni bo‘yicha cheklangan.

Faqat ko‘rish. Hujjatni imzolash tugmalarisiz ko‘rsatish uchun ko‘rish manzili olinadi:

POST /api/client/document/view
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json
{
  "guid": "b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1",
  "redirect_url": "https://joriy.uz"
}

Javob xuddi shu ko‘rinishda: data.url — ko‘rish sahifasining manzili. redirect_url majburiy emas.

1.6. Hujjatning tizimdagi holatlari

Holat (status) Tavsif
created Hujjat yaratildi; yaratuvchi hali imzolamagan
process Yaratuvchi (yoki hamkorlardan biri) imzoladi, qolgan imzolovchilar hali imzolamagan
accepted Hujjat barcha imzolovchilar tomonidan imzolandi
rejected Hamkor hujjatni rad etdi
cancelled Yaratuvchi hujjatni imzolagandan keyin bekor qildi
revoked Yaratuvchi qabul qilingan hujjatni qaytarib oldi (chaqirib oldi)
deleted Yaratuvchi hujjatni imzolashdan oldin o‘chirdi. Bu holat faqat xabarnomada keladi (2-bo‘lim); hujjat endi mavjud emas

Odatiy ketma-ketlik: created → process → accepted (yoki rejected). Agar imzolovchi faqat yaratuvchining o‘zi bo‘lsa, hujjat created holatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri accepted holatiga o‘tadi.

2. Hujjat holatini boshqa tizimlarda yangilash (xabarnoma)

Hujjat ustida amal bajarilganda (masalan, hamkor qabul qilganda, rad etganda yoki yaratuvchi bekor qilganda) Udocs AT hujjat yaratilgan axborot tizimiga xabarnoma yuboradi. Shu orqali hujjat holati Udocsda ham, ulangan axborot tizimida ham bir xil bo‘ladi.

Xabarnomalarni olish uchun axborot tizimi o‘zining API manzilini Udocsga biriktirib qo‘yishi shart (3-bo‘lim).

Udocs AT axborot tizimi biriktirgan manzilga quyidagi so‘rovni yuboradi:

POST <axborot tizimi biriktirgan url>
Content-Type: application/json

Avtorizatsiya sarlavhasi axborot tizimi 3-bo‘limda tanlagan auth_type bo‘yicha yuboriladi.

So‘rov tanasi:

{
  "document": {
    "guid": "4e197072-62f0-47f4-aa2c-078403bbdd50",
    "status": "rejected",
    "template": "ariza"
  },
  "signer": {
    "tin_pin": "311128291",
    "branch": "00001",
    "action": "reject",
    "note": "Yoqmadi",
    "signed_at": "2024-02-10 15:45:00"
  }
}
Maydon Tavsif
document.guid Hujjat identifikatori
document.status Hujjatning yangi holati (1.6)
document.template Hujjat shabloni
signer.tin_pin Amalni bajargan imzolovchining STIRi
signer.branch Filial kodi; null bo‘lishi mumkin
signer.action Bajarilgan amal (quyidagi jadval)
signer.note Rad etish yoki qaytarib olish sababi. Faqat hujjat rad etilganda yoki qaytarib olinganda to‘ldiriladi, boshqa hollarda null qiymat qaytaradi
signer.signed_at Imzolangan (amal bajarilgan) vaqt, YYYY-MM-DD HH:MM:SS ko‘rinishida
signer.deleted_at Faqat delete xabarnomasida: o‘chirilgan vaqt, YYYY-MM-DD HH:MM:SS ko‘rinishida

signer.action qiymatlari:

Qiymat Amaldan keyingi document.status Tavsif
sign process yoki accepted Yaratuvchi imzoladi
accept process yoki accepted Hamkor imzolab, qabul qildi
reject rejected Hamkor rad etdi
cancel cancelled Yaratuvchi bekor qildi (faqat yaratuvchi imzolagandan keyin)
revoke revoked Yaratuvchi qabul qilingan hujjatni qaytarib oldi
delete deleted Yaratuvchi o‘chirdi (faqat created holatidagi imzolanmagan hujjatni o‘chirish mumkin)

Izoh. sign yoki accept amalidan keyin hali imzolamagan imzolovchilar bo‘lsa, holat process bo‘ladi, hamma imzolagach — accepted.

Axborot tizimi javobi: Udocs 2xx (200–299) HTTP holat kodli istalgan javobni qabul qiladi, javob tanasi ixtiyoriy. Boshqa har qanday kod, kutish vaqti tugashi yoki ulanish xatosi xabarnoma yetkazilmagan deb hisoblanadi.

2.1. Xabarnomalarni qayta yuborish

Udocs yuborgan har bir xabarnomani saqlab qo‘yadi. Yetkazilmagan xabarnoma avtomatik qayta yuborilmaydi; tizimingiz yana ishlay boshlagach, qayta yuborishni so‘rang:

POST /api/client/document/sync
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json
{
  "guid": "4e197072-62f0-47f4-aa2c-078403bbdd50"
}

Hujjat bo‘yicha saqlangan barcha xabarnomalarni qayta yuboradi.

POST /api/client/document/retry
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json
{
  "guid": "4e197072-62f0-47f4-aa2c-078403bbdd50"
}

Hujjat ustidagi oxirgi amal haqidagi xabarnomani qayta yuboradi. Hujjatni hali hech kim imzolamagan bo‘lsa, xatolik qaytaradi.

Ikkala so‘rov ham "success": true va bo‘sh data bilan javob beradi; xabarnomalarning o‘zi fon rejimida yuboriladi.

3. Qo‘shimcha sozlamalar

Xabarnomalarni qabul qiluvchi manzil va unga murojaat qilishda ishlatiladigan avtorizatsiya usuli sozlanadi.

POST /api/client/config/update
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json

So‘rov tanasi:

{
  "url": "https://joriy.uz",
  "auth_type": 3,
  "header_key": "TOKEN",
  "token": "<API_KEY>"
}

Server javobi — saqlangan sozlamalar yuborilgan ko‘rinishida qaytariladi:

{
  "success": true,
  "data": {
    "url": "https://joriy.uz",
    "auth_type": 3,
    "header_key": "TOKEN",
    "token": "<API_KEY>"
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}
Maydon Qachon kerak Tavsif
url Har doim Xabarnomalarni qabul qiluvchi manzil
auth_type Har doim Avtorizatsiya turi (quyidagi jadval)
username auth_type = 1 Foydalanuvchi nomi
password auth_type = 1 Parol
token auth_type = 2 yoki 3 Token yoki API kalit qiymati
header_key auth_type = 3 API kalit yuboriladigan sarlavha nomi
auth_type Turi Kerakli maydonlar Udocs yuboradigan sarlavha
0 Ochiq (avtorizatsiyasiz) — —
1 Birlamchi (Basic Auth) username, password Authorization: Basic <base64(username:password)>
2 Tashuvchi (Bearer) token Authorization: Bearer <token>
3 Kalitli (API key) header_key, token <header_key>: <token>

auth_type: 0 — Ochiq

{
  "url": "https://joriy.uz",
  "auth_type": 0
}

auth_type: 1 — Birlamchi (Basic Auth)

{
  "url": "https://joriy.uz",
  "auth_type": 1,
  "username": "foydalanuvchi",
  "password": "foydalanuvchi"
}

auth_type: 2 — Tashuvchi (Bearer)

{
  "url": "https://joriy.uz",
  "auth_type": 2,
  "token": "eyJ0e..."
}

Tokenni Bearer qo‘shimchasisiz yuboring — Udocs uni o‘zi qo‘shadi.

auth_type: 3 — Kalitli (API key)

{
  "url": "https://joriy.uz",
  "auth_type": 3,
  "header_key": "TOKEN",
  "token": "<API_KEY>"
}

4. Hujjatlar bilan ishlash

Bu bo‘limdagi barcha so‘rovlarda Authorization: Bearer <access_token> sarlavhasi yuboriladi.

Yaratilgan hujjatlar ro‘yxati

GET /api/client/documents?from_date=2026-11-01&to_date=2026-11-30&page=1
Parametr Majburiy Tavsif
from_date Yo‘q Shu sanadan boshlab yaratilganlar, YYYY-MM-DD
to_date Yo‘q Shu sanagacha (shu sana ham kiradi) yaratilganlar, YYYY-MM-DD
page Yo‘q Sahifa raqami; har bir sahifada 20 ta hujjat

Axborot tizimingiz yaratgan hujjatlar sahifalab qaytariladi: data.documents.data ichida hujjatlar (guid, status, created_at va boshqa maydonlar), data.documents ichida esa current_page, last_page, per_page va total ham bo‘ladi.

Hujjat ma’lumotlari

GET /api/client/documents/{guid}
{
  "success": true,
  "data": {
    "guid": "b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1",
    "status": "process",
    "data": { "name": "Raqamli taraqqiyot MCHJ", "...": "..." },
    "signers": [
      { "tin_pin": "311128291", "name": "RAQAMLI TARAQQIYOT MCHJ", "signerResult": "accept" },
      { "tin_pin": "204118319", "name": "...", "signerResult": "unsigned" }
    ],
    "type": { "code": "clientDocuments", "name": "..." },
    "template": { "name": "ariza", "title": "...", "category": "...", "type": "..." },
    "created_at": "10.11.2024 15:45:00"
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}

data — hujjat yaratishda yuborilgan ma’lumotlar. signers[].signerResult imzolovchi amal bajarmaguncha unsigned, keyin esa imzolovchining amali bo‘ladi.

Imzolash tarixi

GET /api/client/documents/{guid}/steps
{
  "success": true,
  "data": {
    "document": {
      "guid": "b498e2d6-e71f-4951-8f92-c22617a2d2f1",
      "status": "accepted",
      "steps": [
        { "signer": "RAQAMLI TARAQQIYOT MCHJ", "tin_pin": "311128291", "signed_at": "2024-11-10 15:45:00", "action": "sign" },
        { "signer": "...", "tin_pin": "204118319", "signed_at": "2024-11-11 09:12:30", "action": "accept" }
      ],
      "created_at": "2024-11-10 15:40:00"
    }
  },
  "message": "Muvaffaqiyatli"
}

steps[].action 2-bo‘limdagi signer.action qiymatlarini qabul qiladi.

Hujjat fayllari

GET /api/client/documents/{guid}/pdf
GET /api/client/documents/{guid}/pdf?signers=1
GET /api/client/documents/{guid}/word

pdf PDF faylning o‘zini qaytaradi. signers=1 bilan PDFga imzolar va QR kod qo‘shiladi. word JSON qaytaradi: data.file — base64 ko‘rinishidagi Word fayl.

Hujjatni o‘chirish

DELETE /api/client/documents/{guid}

Faqat created holatidagi (hali imzolanmagan) hujjatni o‘chirish mumkin. O‘chirilgandan keyin Udocs delete xabarnomasini yuboradi (2-bo‘lim).

Holatlar ma’lumotnomasi

GET /api/client/document/statuses

data.statuses — Udocsda ishlatiladigan hujjat holatlari qiymatlarini qaytaradi.

5. Boshqa API’lar

5.1. Hujjat yaratish (v2 formati)

1.4 ning muqobil formati: maydon qiymatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri document ichida yuboriladi, yaratuvchi alohida owner ichida ko‘rsatiladi, hujjat raqami va sanasini default ichida berish mumkin.

Shablon uchun namuna:

GET /api/client/document/example?template=ariza
Authorization: Bearer <access_token>

Javobda shu shablon uchun so‘rov tanasi namunasi bo‘ladi: template, default, document (maydonlarning namunaviy qiymatlari), owner, signers va images (har bir mijoz rasmi uchun: o‘lchami, majburiyligi, ruxsat etilgan turlari va cheklovlari). Namunadagi template.code o‘rniga o‘z shabloningiz kodini yozing.

Yaratish:

POST /api/client/v2/document/create
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json
{
  "template": { "code": "ariza" },
  "default": { "number": "TSH-101", "date": "2024-11-10" },
  "document": {
    "name": "Raqamli taraqqiyot MCHJ",
    "date": "10.11.2024",
    "services": [{ "num": 1, "name": "Shablon asosida hujjat yaratish", "purpose": "Erkin shakldagi shartnoma tuzish" }]
  },
  "owner": { "tin_pin": 311128291, "branch": "00001" },
  "signers": [{ "tin_pin": 204118319 }]
}
Maydon Majburiy Tavsif
template.code Ha Shablon kodi
default.number Yo‘q Hujjat raqami
default.date Yo‘q Hujjat sanasi
document Ha Hujjat maydonlarining qiymatlari (1.4 dagi document.data qoidalari bilan bir xil)
owner.tin_pin, owner.branch Ha / Yo‘q Hujjat yaratuvchisi (egasi)
signers[].tin_pin, signers[].branch Ha / Yo‘q Hamkorlar, imzolash tartibida

Javob 1.4 dagi bilan bir xil (HTTP 201).

5.2. Hisob-faktura bo‘yicha xabarnomani qayta yuborish

POST /api/client/document/retry-facture
Authorization: Bearer <access_token>
Content-Type: application/json
{
  "contract_number": "12/2024"
}

Faqat hisob-faktura xabarnomalariga ulangan axborot tizimlari uchun: shu shartnoma raqamli hisob-faktura haqidagi xabarnomani qayta yuboradi.

5.3. API orqali imzolash (eskirgan)

POST /api/client/document/sign eskirgan. Hujjatlar Udocs imzolash sahifasida imzolanadi (1.5).

Foydalanilgan adabiyot va manbalar

API ҳужжатлари — UDOCS